
Ar-Riyoddagi boks oqshomi super jangdan ajrab qolishi mumkin
WBC yo‘nalishida jahon chempioni Shakur Stivensonning 22 fevralga belgilangan jangi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Den Rafael xabar bermoqda.
“Floyd Skofild kasallikka chalinib, Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizildi. Shu bois u Shakur bilan jangdan voz kechishi kutilmoqda. Bir necha manbalarnig xabariga ko‘ra, Stivensonga yangi raqib qidirilyapti” — deb yozdi Rafael X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni hamyurtimiz Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortizga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar