Arablar Messiga qancha maosh bermoqchi ekanini bilasizmi?

  • 04.03.2023 22:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lionel Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Hozircha, argentinalik jahon chempioni faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” taklifini qabul qilib, Osiyo futboliga qadam qo‘yganidan keyin qit’amizning qudratli klublari Evropaning mashhur o‘yinchilarini o‘z safiga chorlay boshladi.

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi Lionel Messini o‘ynatmoqchi. Klub xo‘jayinlari 35 yoshli hujumchiga har bir mavsum uchun 90 million evrodan to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Aksariyat manbalar Messi faoliyatini Evropa davom ettirishini ta’kidlamoqda. Avvalroq, argentinalik yulduz “Al-Hilol”ning mo‘may daromadli taklifini qabul qilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!