Arablar Saloh uchun yanada katta pul tikdi. Futbol tarixida bunaqa narx bo‘lmagan!

  • 2 sentabr, 2023, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamida transfer rekordni yangilanishi kutilmoqda. Hozirgi rekord ko‘rsatkich 2017 yili qayd etilgan va unda PSJ Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi.

Endi bu rekordni “Al-Ittihod” yangilamoqchi. “Liverpul” xo‘jayinlarini saudiyaliklarning Muhammad Salohni so‘rab yuborgan barcha takliflarini rad etdi.

Biroq, “Al-Ittihod” chekinmoqchi emas. Sky Sports Premier League nashrining xabar berishicha, shayxlar bu transfer uchun 233 million evro taklif qilmoqda.

“Al-Ittihod” 31 yoshli hujumchining o‘ziga uch yillik shartnoma va yiliga 80 million evro maosh bermoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!