
"Aral" yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Pro liganing yangi mavsumga tayyorlanayotgan Nukusning “Aral” jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti.
Bungacha bir qator o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolagan klub yana uch nafar yangi o‘yinchilarning transferini e’lon qildi.
Jumladan, “Andijon”dan hujumchi Izzat Abdulhaqov, “Navbahor-farm” jamoasidan yarim himoyachi Asilbek Norboev hamda “Nasaf” o‘rinbosarlaridan Javohir Utamurotov rasman “Aral” a’zosiga aylandilar.
Fikrlar