
Arauxo: "Kelajakda "Barsa" barchani dahshatga soladigan jamoa bo‘ladi"
Ronald Arauxo joriy mavsumda "Barselona"ning trebl yutish imkoniyatlarini baholadi:
"Jamoa juda yaxshi formada va bu ko‘rinib turibdi. Biz barcha maqsadlarni yutishga qodirmiz, lekin har bir o‘yindan keyingi o‘yinga qarab harakat qilishimiz kerak. Bizga mentalitet yordam beryapti".
"Barsa"dagi yangi davr haqida:
"Sizlar meni bilasizlar, men ancha kamtar odamman. Biz dunyodagi eng kuchli jamoamiz, deb aytish niyatim yo‘q. Ammo shunga ishonamanki, kelajakda "Barsa" raqiblarga dahshat soladigan jamoa bo‘ladi. Bu klub shunga loyiq. Umid qilamanki, muxlislarga bayram qilish uchun sabab beramiz"– dedi "Barselona" himoyachisi shanba kuni bo‘ladigan "Real"ga qarshi Ispaniya Kubogi finali oldidan.
Fikrlar