Arbeloa "Albasetе"dan uchralgan mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

  • 15.01.2026 03:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya Kubogida "Albasete"ga qarshi uchrashuvdagi (2:3) mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

— Bu klubda hatto durang ham yomon natija, fojia hisoblanadi. Endi tasavvur qiling, boshqa ligada o‘ynaydigan jamoadan uchralgan bunday mag‘lubiyat nimani anglatishini.

Agar kimdir javobgar bo‘lsa, bu — menman. Chunki tarkibni, o‘yin uslubini va almashtirishlarni aynan men tanladim. Futbolchilarga esa faqat minnatdorchilik bildiraman — ular meni qanday qabul qilgani uchun. Endi ularni jismoniy va ruhiy jihatdan tiklashga yordam berishim kerak.

Men aynan shu tarkib to‘g‘ri, deb ishongandim. Jamoam juda iqtidorlu, ammo futbolchilar uchun men so‘rayotgan talablarni ertasi kunyoq bajarish oson emas. Yakunda baribir bu mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamda his qilaman, — deya javob berib o‘tdi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!