Arbeloa keyingi mavsumda "Real" klubini boshqaradi
"Real" sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa keyingi mavsumdan boshlab, "qaymoqranglilar"ning akademiyasida murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.
37 yoshli ispaniyalik mavjud bo‘lgan 11 ta yosh jamoaning birini boshqaradi. Akademiyada umumiy 13 ta jamoa bor. "Kastilya" va U-19 klublari o‘zlarining amaldagi bosh murabbiylarini saqlab qolishadi.
Hozirda "Real" tarbiyalanuvchisi Ispaniya futbol federatsiyasidan professional litsenziyani olish uchun masofadan turib, murabbiylik kurslarini o‘tamoqda va kelgusi haftada dastlabki kursni yakunlaydi.
Shundan so‘ng, Arbeloa madridliklarning akademiyasida ish boshlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, Arbeloa "Real" safida 237 bor maydonga tushib, 1 bor La Liga, 2 bor Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish bilan birga 2 marotaba chempionlar ligasi va 1 martadan UEFA superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Fikrlar