
Argentina chorak finalda qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynaydi?
Xabaringiz bor Argentina terma jamoasi kecha Kopa Amerikaning guruh bosqich so‘nggi turida Qatarni 2:0 hisobida engdi va navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Albasetlar” o‘zlari ishtirok etgan “B” guruhida Kolumbiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Endi ular chorak finalda Venesuela terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ta’kidlash kerakki, venesuelaliklar “A” guruhida 2-o‘rinni egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela – Argentina uchrashuvi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar