Argentina qanday qilib finalga chiqdi? (video)

  • 7 iyul, 2021, 09:48
  • 0
  • Futbol

Braziliya maydonlarida o‘tayotgan Amerika kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvida Messi etakchiligidagi Argentina terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli va shiddatli ruhda kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi – 1:1. Shu tariqa g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda 3:2 hisobida argentinaliklarning qo‘li baland keldi. Endi Argentina finalda mezbon Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!