Argentina terma jamoasi 76 yillik rekordni takrorladi
Jahon chempionati – 2026 musobaqasining 1/8 finalida Argentina terma jamoasi dramatik o‘yinda Misrni 3:2 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Lionel Skaloni shogirdlari yuqori samarador o‘yini bilan muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Jahon chempionati doirasidagi so‘nggi 11 uchrashuvda argentinaliklar har safar kamida ikki tadan gol urishga erishgan. «TSIFROSKOP» telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, shu tariqa jamoa Urugvay terma jamoasining rekordini takrorladi. Urugvay 1934 yildan 1950 yilgacha bo‘lgan davrda jahon chempionatida 11 ta o‘yin ketma-ket ikki va undan ortiq gol urgan edi.
Argentina o‘zining navbatdagi bahsini 12 iyul kuni Shveytsariyaga qarshi o‘tkazadi. Jahon chempionati – 2026 chorak final uchrashuvi Moskva vaqti bilan soat 04:00 da start oladi.

Fikrlar