Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli faoliyatini yana Braziliya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
U "Atletiko Mineyro" klubi bilan shartnoma imzoladi. Aytish kerakki, yanvar oyida venesuellalik mutaxassis Rafael Dudamel ushbu jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi. Hozircha uning kelajak taqdiri ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Sampaolining so‘nggi ish joyi "Santos" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar