
Argentinadagi shodiyonalar chog‘ida bir muxlis jon berdi
Bir necha kun oldin Argentinaning jahon chempionatidagi g‘alabasi sharafiga o‘tkazilgan bayram tantanalari chog‘ida jamoaning bir muxlisi vafot etdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Hodisa Buenos-Ayres provintsiyasidagi Baiya-Blanka shahrida sodir bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, 22 yoshli yigit motottsiklda shahar atrofida aylanib yurgan. Qaysidir payt uning elkasiga o‘ralgan bayroq motottsikl g‘ildiragiga tegib ulovni izdan chiqargan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muxlis bo‘g‘ilishdan vafot etgan.
Ma’lumot uchun, barcha muxlislar poytaxt ko‘chalari bo‘ylab chempionat paradini tomosha qilishlari uchun 20 dekabr mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Fikrlar