Argentinalik futbolchining chorak finalgacha jarohatidan qutilishi kutilmoqda

  • 5 dekabr, 2022, 17:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Argentina terma jamoasi jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi va endi Niderlandiya bilan uchrashuvga hozirlik ko‘rmoqda.

Tecno

«Albiseleste»ning hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya mushaklaridagi jarohat tufayli Avstraliyaga qarshi 1/8 final (2:1) o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

"TyC Sports" xabariga ko‘ra, avstraliyaliklar bilan o‘yinning ertasiga Argentina terma jamoasiga bir kunlik dam berilgan edi. Biroq Anxel di Mariya maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi va dam olmagan yagona futbolchi bo‘ldi.

Ko‘rinib turibdiki, «Yuventus» vakili yaqin kunlarda eng yaxshi formaga kirishiga ishonadi.

Niderlandiya va Argentina o‘rtasidagi uchrashuv 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!