Arman Tsarukyan 2 nafar juda kuchli UFC jangchicini "nishonga oldi"

  • 12 mart, 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Engil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan navbatdagi  raqiblari kim bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Belim ayni paytda yaxshi holatda. May yoki aprel oxirigacha janglarga tayyor bo‘laman. Jarohatimdan to‘liq tiklangach, da’vogarlar, ya’ni - Jastin Getji yoki Charlz Oliveyra bilan jang qilmoqchiman. Shuningdek, ular ham meni engmay turib, Islom Maxachevga qarshi kurash haqida o‘ylamasin. Ular avval kaminaning to‘sig‘idan o‘tishi kerak" - deya rossiyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq jarohati bois jangdan echilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!