Arman Tsarukyan: "Boks MMAdan ham qiyinroq, chunki..."
Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan boks va MMAni o‘zaro solishtirdi.
"Boks – qiyinroq sport turi, eng murakkabi desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki 20 yoshda MMA bilan shug‘ullanib, chempion bo‘lish mumkin, boksda esa bu imkonsiz. Chempionlik darajasiga chiqish uchun 5-6 yoshda boks bilan shug‘ullanishni boshlashingiz kerak", - dedi Arman sobiq jahon chempioni Edriyen Broner bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan 13 iyun kuni Toni Fergusson bilan RAF turnirida bellashadi.

Fikrlar