
Arman Tsarukyan chempion bo‘lsa, noodatiy ishni amalga oshirmoqchi
UFC ning engil vazn toifasida jang qiladigan Arman Tsarukyan chempionlik kamarini qo‘lga kiritsa, uni qanday nishonlashini aytdi.
"Agar men kamarni qo‘lga kirtadigan bo‘lsam, butun Rossiya bo‘ylab - Moskvadan Xabarovskka
piyoda bormoqchiman" - deydi Arman o‘z intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan engil vazning amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida jang qiladi.
Fikrlar