Arman Tsarukyan Muhammad Mokaev bilan bellashadi!
Avvalroq, "Real American Freestyle" UFC jangchisi Arman Tsarukyan va amerikalik kurashchi Jorjio Pullas oʻrtasidagi revanş 28 mart kuni "RAF 07" turnirida oʻtkazilishini e'lon qilgandi.
Kuni kecha ham Tsarukyaning yana bir bellashuvi ma'lum boʻldi. Xabarlarga koʻra, Arman 11 mart kuni "Hype Brazil" turnirida UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev bilan greppling qoidalari boʻyicha kurash olib boradi. Shuningdek, mazkur kechada rossiyalik taniqli MMA ustasi Shara Bullet hamda braziliyalik Edson Barboza ham oʻzaro toʻqnash kelishi belgilangan.
Quyida ushbu oqshomning toʻliq kardi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Fikrlar