Arman Tsarukyan nima uchun Maurisio Ruffiga qarshi jangni qabul qildi

  • 01.09.2026 22:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan braziliyalik Maurisio Ruffi bilan bahsga nega rozi bo‘lganini tushuntirdi.

"Dastlab, Charlz Oliveyraga qarshi jang taklifini qabul qilib, Ruminiyada mashg‘ulot yig‘inlarini boshlab yuborgan edim. Bu da’vogarlar to‘qnashuvi edi. Biroq keyin Oliveyraning do‘sti vafot etdi va menga: “Yangi raqib izlayapmiz”, deb xabar berishdi. Shunda Maurisio Ruffi nomzodi paydo bo‘ldi va men yana rozilik berdim. Chunki bu yil hali biror marta jang qilmagandim. Ruffiga qarshi bahs esa men uchun yaxshi variant edi. Shu qarama-qarshilikdan so‘ng, albatta, chempionlik kamari uchun kurashishimni aytdim. UFC ham bunga rozilik berdi", — dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Ruffi bellashuvi 20 sentabr kuni "UFC 331" turnirida o‘tkaziladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!