Armrestlingchilarimiz jahon chempionatini 5 ta medal bilan boshladi

  • 30 oktabr, 2019, 12:15
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ruminiyaning Konstanta shahrida armrestling bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatini sportchilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.

Dunyoning 54 davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etayotgan chempionatningbirinchi kungi bahslarida yoshlarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Chap qo‘l bellashularida Zarnigor Abdurahimova, Nazokat Solieva hamda Balabek Israfilov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini engib, delegatsiyamizga oltin medallarni taqdim etdi.

Shuningdek, vazni 65 kilogrammgacha bo‘lgan Zuhra Xo‘jaqulova kumush, 60 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Muhammadbobur Ne’matullaev bronza medali bilan taqdirlandi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!