Arne Slot: "Keyingi mavsumda "Liverpul" yanada kuchliroq bo‘ladi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning kelasi mavsumdagi natijalari yaxshiroq bo‘lishiga ishonch bildirdi.
— Men sizlarni ishtirib ayta olamanki, o‘yinimiz ham, natijalarimiz ham yanada yaxshilanadi, — dedi Slot. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.
Joriy mavsum "Liverpul" uchun biroz ziddiyatli kechgan bo‘lsa-da, jamoa katta ehtimol bilan kelasi mavsumgi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Chempionat tugashiga uch tur qolgan bir paytda mersisaydliklar 58 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalab turibdi.
Qolgan uchrashuvlarda "Liverpul" "Chelsi", "Aston Villa" hamda "Brentford" klublariga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, Slot shogirdlari Angliyaning amaldagi chempionlari hisoblanadi.

Fikrlar