Arne Slot: "Liverpul" yarim himoyachi yoki himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin"

  • 9 avgust, 01:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa transfer rejalari haqida gapirdi.

Tecno

"Biz tarkibimizdan juda mamnunmiz. O‘tgan mavsumda APL chempioni bo‘ldik va bu biz uchun katta quvonch. Hujum chizig‘imiz etarlicha kuchli, deb hisoblayman. Kodi Gakpo, Federiko Keza, Yugo Ekitike, Saloh, o‘ng qanotda o‘ynay oladigan Jeremi Frimpong va chap qanotda harakat qila oladigan Florian Virts – menda hujumda juda ko‘p variantlar bor", – dedi Slot.

Arne Slot, Manager of Liverpool, acknowledges the fans after the second pre-season friendly match between Liverpool and Athletic Club Bilbao at...

Shu bilan birga, murabbiy klub transfer bozorida faolligini to‘xtatmasligini ta’kidladi:

"Biz har doim bozordagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz. Bu yarim himoyani yoki himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ham amalga oshirilishi mumkin", – deya qo‘shimcha qildi mersesaydliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!