Arne Slot "Liverpul"da jiddiy bosim ostida qolib ketdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot murakkab vaziyatga tushib qoldi.
Jurnalist Jeymas Uotlendning ma'lum qilishicha, Slot jiddiy bosim ostida qolib ketgan. Omadsiz natijalardan tashqari klubda transfer siyosati tufayli ham ichki kelishmovchiliklar mavjud. Bundan tashqari, yosh o'yinchilarning asosiy jamoada kam o'yin o'tkazayotgani sababli rahbariyat va murabbiy o'rtasida ziddiyatlar yuzaga kelgan.
Ma'lumot uchun, APLning 21-turida Slot shogirdlari "Arsenal" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi bellashuv 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar