Arne Slot: "Uchta gʻalaba tanqidlarni toʻxtatmaydi"

  • 08.05.2026 18:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Arne Slot "Liverpul"ning mavsumni ijobiy yakunlashi uchun nimalar kerakligi haqida fikr bildirdi.

35 turdan keyin mersisaydliklar APL jadvalida 58 ochko bilan 4-o‘rinni egalab turibdi.

"Bu mavsum shunday kechdiki, hatto uchta g‘alaba va uchta ijobiy natija qayd etsak ham, barcha uni yaxshi baholaydi deb o‘ylamayman.

Eng muhimi — Chempionlar ligasiga chiqish uchun yetarli deb hisoblaydigan kamida bitta g‘alabaga erishish. Biz bunga to‘liq ishonch hosil qilganimiz yo‘q, chunki aniqik uchun yana to‘rt ochko kerak. Biz buni o‘yin jihatidan ham eng yaxshi tarzda amalga oshirishga harakat qilyapmiz, ammo bu har doim ham o‘xshamayapti.

Ijobiy tomoni shundaki, biz uchun muhim bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta futbolchi hafta oxirida yoki undan keyin safga qaytadi. Bu maqsadimizga yetishishimizga yordam beradi.

Uchta g‘alaba tanqidlarni to‘xtatmaydi. Shuning uchun bizga ancha uzoq davom etadigan yaxshi natijalar va o‘yinlar seriyasi kerak. Hozir esa e’tiborimiz keyingi uchta uchrashuvga qaratilgan. Keyingi mavsum tarkib jihatidan ham boshqacha bo‘ladi",
— dedi Slot.

"Liverpul" yaqin turlarda "Chelsi", "Aston Villa" va "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!