
Arrisabalaga o‘rniga "Chelsi"ga keladigan darvozabon kimligi aniq
Amsterdamning "Ayaks" klubi darvozaboni Andre Onana yozda "Chelsi"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Voetbal Nieuws nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” kamerunlik posbon uchun 40-50 million evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Onana “Chelsi”ga o‘tish uchun "Tottenxem", "Barselona" va PSJ klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan.
Aytish kerakki, Onana "Chelsi"da asosiy darvozabon bo‘ladi. Londonliklar hozirgi asosiy posbon Kepa Arrisabalaganing o‘yinlaridan qoniqishmayapti va uni sotib yuborishmoqchi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Onana joriy mavsum “Ayaks” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 30 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar