
Arsen Venger FIFAda ish boshlashi kutilmoqda
“Arsenal” klubining sobiq ustozi Arsen Venger FIFAda texnik direktor lavozimida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.
“Arsenal”dagi deyarli 22 yillik faoliyatidan so‘ng frantsiyalik mutaxassis hozircha boshqa jamoada ishlamayapti. U londonliklarni 2017-2018 yilgi mavsumdan so‘ng tark etgandi.
Venger FIFAda shu oyning o‘zida ishga kirishishi kutilmoqda.
Fikrlar