
Arsen Venger JCh-2022 da ishtirok etmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger yana katta futbolga qaytishi mumkinligi borasida gapirdi.
“Garchi ko‘pdan buyon murabbiy sifatida ishlamayotgan bo‘lsamda JCh-2022”da qatnashishga qarshi bo‘lmasdim.
Bu judayam qiziqarli bo‘ladi. Men hamisha jahon chempionatida ishtirok etishni orzu qilganman. Murabbiyning vazifasi – doimo eng zo‘r futbolchilar o‘ynaydigan joyda bo‘lish. Umid qilamanki, sizlar meni 3 yildan so‘ng Qatarda ko‘rasizlar”, - deydi 69 yoshli frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Venger 1996-2018 yillar davomida “Arsenal”ni boshqargan.
Fikrlar