Arsen Venger murabbiylik postiga qaytishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik mutahassis Arsen Venger yana bosh murabbiylik kursisiga qaytishi mumkin. Le Parisien nashri ma’lumotida uning nomi "Lion" bosh murabbiyligi uchun nomzodlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek u bilan  birga Loran Blan, Remi Gard va Tyago Mottalarning ismlari ham asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Lion" raxbariyati bosh murabbiy Silvinoni iste’foga chiqargan va uning yordamchisini vaqtincha klubga bosh qilib qo‘yishgan edi.

Frantsiya birinchiligining o‘tgan mavsumini bronza medallari bilan yakunlagan "Lion" bu mavsum 9 turdan so‘ng 9 ochko bilan 14 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!