
Arsen Venger yangi lavozimga tayinlanishi mumkin
"Arsenal"ni frantsiyalik sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Renn" klubi prezidentligi uchun da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olive Letang Frantsiya klubi prezidentligi lavozimidan iste’foga chiqarilgani haqida xabar berib o‘tgan edik. Endi esa Arsen Venger bo‘shab qolgan ushbu o‘rindiq uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligi aytilmoqda.
O‘z navbatida "Renn" klubi rahbariyati Vengerni klub prezidenti va sport ishlari bo‘yicha direktori sifatida ko‘rishni xohlashmoqda. Ta’kidlanishicha, mutaxassisning o‘zi ham ushbu taklifga qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar