"Arsenal" argentinalik hujumchi uchun 120 million evro to‘lashga tayyor
Lautaro Martines faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.
Martines "Inter"da ettinchi mavsumini o‘tkazmoqda va jamoa sardori hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, u haqidagi mish-mishlar uni muntazam ravishda boshqa yuqori darajadagi klublar, ayniqsa Angliya Premer-ligasi jamoalari bilan bog‘lamoqda.
Manbaning xabar qilishicha, "Arsenal" Martinesni o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. Londonliklar joriy mavsum hujum chizig‘ida bir nechta qiyinchiliklarga duch kelmoqda - hujum markazidan ba’zan o‘z pozitsiyasi bo‘lmagan yarim himoyachi Mikel Merino joy olmoqda.
"Arsenal" 27 yoshli Martines uchun taxminan 120 million evro to‘lashga tayyor. Biroq, transferni amalga oshirish oson kechmasligi mumkin. "Inter" o‘tgan yozda 2029 yilning o‘rtasigacha yangi shartnoma imzolagan etakchisidan ajralishni istamayapti.
Fikrlar