
"Arsenal" "Barsa"ning ishonchli himoyachisini olib kelmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Barselona" himoyachisi hisoblangan Jyul Kundeni olib kelish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mikel Arteta boshchiligidagi "kanonirlar" himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir necha futbolchilarni xarid qilishmoqchi. Hozirda eng asosiy variant sifatida kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi hisoblangan Kundeni qo‘lga kiritish uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" frantsiyalik futbolchi uchun 55 million evro taklif qilmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli fulbek joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, 60 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar