
“Arsenal” “Barselona”dan futbolchi sotib olishni maqsad qilgan
"Arsenal" "Barselona" hujumchisi Memfis Depay uchun "Tottenxem" bilan raqobatlashishga tayyor.
Futbolchining o‘zi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi, biroq "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati gollandiyalikni sotmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
Depayga asosiy da’vogarlardan biri "Tottenxem" hisoblanadi, ammo "Arsenal" ham Memfis uchun kurashga kirmoqchi, deb xabar berdi “Daily Mail” nashri. Uning transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Hujumchi o‘tgan yozda "Barselona" safiga qo‘shildi va jamoaning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylandi, ammo shunga qaramay, asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.
O‘tgan mavsumda forvard La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar