
"Arsenal" "Chelsi" futbolchisiga 70 million evro sarflashga tayyor
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" hujumchisi Raxim Sterling faoliyatini APLning boshqa top-klubi "Arsenal"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
"Kanonirlar" ukrainalik Mixaylo Mudrikni qo‘ldan chiqargach , bor e’tiborini Sterlingga qaratgan. "Aristokratlar" yangi futbolchi xarid qilgani uchun Sterling bilan xayrlashmoqchi. Buning asosiy sababi esa angliyalik futbolchi jamoada etarlicha o‘zini ko‘rsata olmadi.
Raxim "Manchester Siti"dan londonliklar safiga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgandi. Uning "ko‘klar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilnig yozida yakunlanadi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining narxi 70 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Sterling APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar