
"Arsenal" futbolchisining onasi temir garajda yashamoqda
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Eynsli Meytlend-Naylzning onasi hech qanday qulayliklarga ega bo‘lmagan temir garajda yashab kelmoqda. Bu haqda ayolning o‘zi The Sun nashriga ma’lum qildi.
"Oynasiz, hojatxona va dushi yo‘q temir garajda yashayman. Eynsli "Arsenal"dagi maoshi evaziga menga kvartira olib berishga bemalol qurbi etadi. U akasi Kordi bilan birga 780 ming evrolik uyda yashaydi. Shuni bilib qo‘yishlarini istardimki, agar ular bularning barchasidan mahrum bo‘lishsa ham men ularni yaxshi ko‘raveraman", - deydi futbolchining onasi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Eynsli Meytlend-Naylzning "Arsenal"dagi haftalik maoshi 35 ming evroni tashkil etadi. Futbolchining o‘zi va klub rahbariyati esa yuqoridagi holat yuzasidan izoh berishni istashmadi.
Fikrlar