"Arsenal" himoyachisiga 4 klubdan qiziqish bor!
"Arsenal" himoyachisi Maylz Luis-Skelli Premer-liga klublari diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist Mark Brus xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya Premer-ligasining to‘rtta vakili 19 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda, u bu mavsumda "Arsenal" safida biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va uchta golli uzatma berdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuis-Skellining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 45 million evroga baholamoqda.

Fikrlar