"Arsenal" hujumchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 26 may, 2019, 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Denni Uelbek faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda 28 yoshli angliyalik futbolchining xizmatlariga “Latsio”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Qayd etish lozimki, Uelbek rimliklar safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin. Boisi keyingi oyda uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Evening Standard nashri Uelbekka "Vest Xem", "Nyukasl", "Kristal Pelas" hamda "Everton" kabi bir qator APL klublari jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Ma’lumot uchun, Uelbek 2018 yilning noyabrida tovonidan jiddiy jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Shu bois u yakunlangan mavsum bor yo‘g‘i 15ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!