"Arsenal" hujumchisini Saudiya Arabistoniga sotyapti
«Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilmoqda.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ma’lum qilishicha, braziliyalik forvardga jiddiy qiziqish bildirgan klub – «Al-Hilol». Saudiya jamoasi hujumchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan va kelishuvga erishish arafasida ekani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi uchun 50–55 million funt atrofida to‘lov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Martinellining yangi jamoasi bilan shaxsiy shartnomasi shartlari va muddati hozircha ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda u Rossiya chempionatida 30 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar