
"Arsenal" ispaniyalik murabbiyi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Arsenal" bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassis jamoa bilan 2024 /2025 yilgi mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan. Keyinchalik bu muddat yana uzaytirilishi mumkin.
Arteta London klubiga 2019 yilda bosh murabbiy etib tayinlangandi. Shuningdek, u 2011-2016 yillar oralig‘ida shu klub safida to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli ispan "to‘pchilar" bilan Angliya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar