"Arsenal" jamoa etakchisi bilan yangi kelishuvga erishdi

  • 3 mart, 2023, 16:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Tecno

 Unga ko‘ra, angliyalik futbolchi londonliklar bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

21 yoshli vinger "kanonirlar" safida 2019 yilning yozidan beri to‘p surmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 

Saka joriy mavsum Angliya premer-ligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!