“Arsenal” kelasi mavsum chempionlik unvonini himoya qilish yo‘lini topdi
Londonning “Arsenal” klubi Angliya Premier-ligasidagi chempionlik unvonini saqlab qolish uchun top darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Bu haqida The Touchline nashri X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Klubda bosh murabbiy Mikel Arteta himoyaviy vazifalarni aʼlo darajada bajarayotganini tan olishmoqda, ammo jamoaga hujumda rang-baranglik yetishmayotgani yaqqol koʻrinib qoldi.
Rahbariyatning fikricha, hujum chizigʻida kuchliroq tarkib bilan “Arsenal” Angliyada uzoq yillar davomida hukmronlik qilishi mumkin, ayniqsa “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola lavozimini tark etganidan keyin sovrinlar uchun kurash yana avjiga chiqadi.
“Arsenal” uzoq urinishdan keyin ilk marotaba Xosep Gvardiola jamoasini ortda qoldirdi va endi Angliyada gegemonlik oʻrnatmoqchi.

Fikrlar