"Arsenal" Lyakazett o‘rniga chempionat to‘purarini olib keladi

  • 13 aprel, 2021, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Seltik” hujumchisi Odsonn Eduar yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Kanonirlar” 23 yoshli frantsiyalik futbolchini jamoaning boshqa bir frantsuz hujumchisi Aleksandr Lyakazett o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. 29 yoshli Lyakazettga “Atletiko”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. U mavsumlar oralig‘ida aynan “matraschilar” safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Eduar PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Seltik” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

 Eduar joriy 2020/2021 yilgi mavsumda Shotlandiya chempionatida jami 27 ta o‘yin o‘tkazdi va 16 ta gol urishga erishdi. U hozirda Shotlandiya chempionatining to‘purarlar ro‘yxatida 1-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!