
"Arsenal" Lyakazett va Obameyang o‘rniga Dembeleni olib kelmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Lion" forvardi Mussa Dembelening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” Dembeleni jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Aleksandr Lyakazett yoki Per-Emerik Obameyang o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Dembele “Lion” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 71 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar