
"Arsenal" mehmonda durang qayd etdi
Angliya Premer-ligasi 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Arsenal" "Byornli" maydoniga safar qildi. Mehmonlarning katta ustunligi ostida kechgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Dastlab, "kanonirlar" Per-Emerik Obameyangning tezkor goli evaziga hisobni ochdi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan gabonlik hujumchi yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Birinchi taym so‘ngida "Arsenal" futbolchisi Granit Jaka o‘z jarima maydonidan uzoqlashtirish uchun to‘pga zarba berdi. To‘p Kris Vudga tegib, darvozadan joy oldi.
Shu tariqa, 2 ochko yo‘qotgan "Arsenal" onlayn turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 1 ochko ishlab olgan "Byornli" 15-pog‘onada qoldi.
Fikrlar