
"Arsenal" o‘z futbolchisini "Liverpul"ga taklif qildi
"Arsenal" tezroq gretsiyalik himoyachi Sokratis Papastatopulosdan qutilmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "kanonirlar" 32 yoshli futbolchining xizmatlarini "Liverpul"ga taklif qilgan. Hozirda mersisaydliklar jarohat olgan Virjil van Deyk, Jo Gomes va Joel Matip o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Papastatopulos joriy mavsum "Arsenal"da bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. U bunga qadar AEK, "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya" Dortmund klublarida to‘p surgan. Gretsiya terma jamoasida esa 90 ta o‘yin o‘tkazib, raqib darvozasiga 3 ta gol urgan.
Fikrlar