"Arsenal" o‘z safiga "Manchester Siti" futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 15 iyul, 2019, 15:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Nikolas Otamendini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Super Deporte nashri xabar tarqatmoqda.

Gap shundaki, “kanonirlar” “shaharliklar”ning argentinalik futbolchini sotib yubormoqchi ekanligidan foydanalib qolishmoqchi. Biroq, futbolchining o‘zi “Valensiya”ga qaytishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Otamendi o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!