"Arsenal" o‘z safiga "Yuventus" to‘purarini qo‘shib olmoqchi

  • 20 oktabr, 2024, 23:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 24 yoshli serbiyalik to‘purarning xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. "Kanonirlar" rahbariyati uzoq vaqtdan beri jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlashmoqda va aynan Vlaxovich bu borada ularga munosib nomzod bo‘lishi mumkin. Serbiyalik futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 65 million evroga baholanmoqda.

Dushan joriy mavsum "Yuventus" safida A Seriyada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 5 ta gol urdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!