
"Arsenal" Portugaliya chempionatining eng yaxshi assistentlaridan birini sotib oladi
"Arsenal" jamoasi "Portu" vakili Fabiu Vieyrani sotib oladi. Klub futbolchi uchun 35 million evro va yana turli bonuslardan iborat taklif yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar Fabiu bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Portugal tez orada shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda Vieyra Portugaliya chempionatining 27 uchrashuvida 6 gol urdi va 14 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, u chempionatning eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar