"Arsenal" Remzining o‘rniga Ispaniyadan zo‘r futbolchi topdi
Londonliklar 24 yoshli ispaniyalik xavbekni yozda "Yuventus"ga ketadigan Aaron Remzining o‘rniga olib kelishmoqchi. Jordanning "Eybar" bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning iyunida yakunlanadi. Tovon puli 15 mln evroni tashkil etadi va transferning 20 % qismi uning sobiq klubi "Espanol"ga tegadi.
Ma’lumot uchun, Joan Jordan joriy yilgi mavsumda La Ligada 27 bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar