"Arsenal" "Siti" himoyachisini sotib olib, uni yarim himoyada o‘ynatmoqchi

  • 27 may, 2022, 16:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" jamoasi yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta nafaqat Zinchenkoni, balki yana bir "shaharlik" Gabriel Jezusni ham sotib olishni maqsad qilgan. Mutaxassis ushbu futbolchilar "Arsenal" uchun foyda keltirishiga to‘la ishonmoqda. 

Shuningdek, Arteta ukrainalik Zinchenkoni o‘z chizig‘i chap qanot himoyasida emas, yarim himoyada o‘ynatmoqchi. Ispaniyalik murabbiyning fikricha, futbolchining tezligi va keskin paslari maydon markazida ko‘proq naf keltiradi. 

"Manchester Siti" rahbariyati ketishni istagan futbolchilarga qarshilik bildirilmasligini ma’lum qilgan. Katta ehtimol bilan yozda London klubi APL chempionlaridan kamida bir futbolchini sotib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!