
"Arsenal" sobiq futbolchisi jamoaga Obameyangni saqlab qolish yo‘lini taklif qildi
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq hujumchisi Robin van Persi londonliklar qanday holatda gabonlik superhujumchini saqlab qolishi mumkinligini aytdi.
"Menimcha, jamoa uni saqlab qolishni istaydi. Kubok finalidagi g‘alabadan so‘ng undan shu mazmundagi savol so‘raldi. Ammo u mavhum javob berdi.
Obameyang nimani xohlashini bilmayman. Ammo yuqori saviyali futbolchilar o‘zi kabi harakat qiladiganlar bilan birga o‘ynashni istaydi. U dunyo darajasidagi hujumchi. Demakki, "Arsenal" uni kelgusida katta futbolchilarni jamoaga olib kela olishiga ishontira olishi kerak", - deydi Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi.
Fikrlar