
"Arsenal" sotiladimi?
Amerikalik ishbilarmon Sten Kronke Londonning "Arsenal" klubini sotmoqchi emas. Bu haqda Sky Sports muxbiri Kave Solxekol xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 73 yoshli milliarder loyihani rivojlantirish uchun klub muxlislari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirmoqchi. Muxlislarning klub xo‘jayinidan noroziligiga asosiy sabab - "Arsenal"ning Evropa Superligasini yaratishda ishtirok etgani bo‘ldi. Jamoa muxlislari rahbariyatning ushbu qaroriga salbiy munosabat bildirishdi.
Bundan avvalroq, Spotify kompaniyasi asoschisi Daniel Ek “Arsenal”ni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Arsenal” 33 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Mikel Arteta jamoasi Evropa ligasi yarim finalida ham kurashni davom ettirmoqda.
Fikrlar